2026-yil 3-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 gramm oltin quymasining narxi 2 mln 173 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

03.03.2026 / Manba: Markaziy bank
Narxlar bir kun ichida 2,5 foizga oshgan. Natijada oltin narxi 29-yanvarda qayd etilgan eng yuqori darajaga yetdi. O‘sha kuni ham narx aynan shuncha bo‘lib rekord o‘rnatgandi.
Shundan keyingi davrda, aniqrog‘i, fevral oyida narxlarda sezilarli o‘sish kuzatilmadi, aksincha, pasayish qayd etildi.
Fevral oxiri mart oyi boshlariga kelib esa geosiyosiy noaniqliklar fonida oltin narxi yana o‘sa boshladi.
Natijada 3-martga kelib narxlar 29-yanvarda qayd etilgan eng yuqori darajaga tenglashdi.
Oltin narxi jahon bozorida ham sezilarli darajada o‘smoqda. 3-mart soat 12:00 holatiga ko‘ra, oltinning bir troy unsiyasi 5 ming 310 dollarni tashkil etmoqda.
