Toshkent metropoliteni metrodagi tig‘izlik bo‘yicha e’tirozlarga munosabat bildirdi

12.11.2025 11:01
Bugun, 12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosidagi tig‘izlik muammolariga oid xabarlar tarqaldi. Bunga metropoliten izoh berdi. Unda aytilishicha, 2026-yil davomida 56 ta metro vagonini xarid qilish rejalashtirilgan.
Toshkent metropoliteni metrodagi tig‘izlik bo‘yicha e’tirozlarga munosabat bildirdi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosi xizmatidan norozilik bildirilgan ko‘plab xabarlar tarqaldi. 

E’tirozlarda asosan yo‘lovchilar metro harakatlanish oralig‘ini zichlashtirish kerakligi ta’kidlangan. Biroz vaqt o‘tgach, Toshkent metropoliteni bunga munosabat bildirdi

Unda aytilishicha, so‘nggi 6 yilda bekatlar soni 21 taga ko‘payib, 50 taga yetgan. 

Buning natijasida, 2021-yilda kuniga 300 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, hozirgi paytda bu ko‘rsatkich 1 mlndan oshgan. 

Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar soni ko‘payishi hisobiga poyezdlarning harakatlanish oralig‘i qisqargan bo'lib, hozirda quyidagicha:

  • Chilonzor yo‘li — 2021-yilda 5 daqiqa bo‘lgan, hozir 1,5 daqiqa
  • O‘zbekiston yo‘li — 2021-yilda 6 daqiqa bo‘lgan, hozir 3 daqiqa
  • Yunusobod yo‘li — 2021-yilda 11 daqiqa bo‘lgan, hozir 4 daqiqa
  • Yer usti halqa yo‘li — 2021-yilda 12 daqiqa bo‘lgan, hozir 9 daqiqa

Tashkilot o‘z bayonotida, 2021-yilda 36 ta poyezd harakatlanganini, hozirgi paytda esa ularning soni 76 taga yetganligini ta’kidladi. 

Shuningdek, 2026-yil davomida yana qo‘shimcha 56 ta metro vagonini xarid qilish rejalashtirilganligini bildirdi. 

Tashkilot munosabati yakunida yo‘lovchilardan metropoliten qoidalariga rioya qilishini so‘radi. 

Bu esa oraliq intervallarining reja asosida amalga oshirilishini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilning dastlabki 9 oyida Toshkent metrosida 132,5 mlnta tranzaksiya amalga oshirilgan.

#metro#munosabat

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar