Xalqaro “LEAP 2025” texnologiya ko‘rgazmasi doirasida hisoblarni boshqarish va soliq hisobi uchun bulutli yechimlarning yetakchi provayderi “FAI” hamda IT Park Uzbekistan rezidenti bo‘lgan, “kpi.com” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hamkorlik Saudiya Arabistonida biznes yuritishni soddalashtirish, jarayonlarni avtomatlashtirish hamda soliq talablariga rioya qilishga qaratilgan.
kpi.com kompaniyasi haqida
“kpi.com” — buxgalteriya hisobi, HR, CRM, loyiha boshqaruvi va boshqa asosiy yo‘nalishlarni qamrab oluvchi biznesni boshqarish uchun bulutli sun’iy intellekt platforma bo'lib, asoschisi Muzaffar Karabaev hisoblanadi.
Kompaniya 2008-yildan buyon faoliyat yuritib, 50 dan ortiq mamlakatda 10 000 dan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
FAI kompaniyasi haqida
“FAI” — Saudiya Arabistonidagi moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha yetakchi platforma bo'lib, asoschisi Jassim Alharun hisoblanadi.
Kompaniya kichik, o‘rta va yirik korxonalarga qo‘l mehnatini kamaytirish va hisobotlarning aniqligini oshirish orqali soliq hisobi, buxgalteriya va moliyaviy boshqaruvni soddalashtirishga yordam beradi.
Hamkorlikning asosiy afzalliklari
- Sun’iy intellekt avtomatlashtirishi — ish jarayonlarini optimallashtirish va qimmatli tahlillarni olish;
- Kafolatlangan muvofiqlik — Saudiya Arabistonida QQS va zakot talablariga to‘liq javob berish;
- Integratsiyalashgan yechimlar — buxgalteriya hisobi, xodimlarni boshqarish, CRM va boshqa biznes funksiyalari uchun yagona platforma;
- Ma’lumotlarni himoya qilish — moliyaviy ma’lumotlarni himoya qilish uchun ishonchli kiberxavfsizlik vositalari.
FAI asoschisi ushbu hamkorlikni quyidagicha izohladi:
“Ushbu hamkorlik mijozlarimiz uchun biznes jarayonlarini soddalashtirish vazifamizda muhim bosqich bo‘ladi. Kpi.com bilan kuchlarni birlashtirib, biz nafaqat samaradorlikni oshiradigan, balki Saudiya Arabistoni soliq talablariga to‘liq muvofiqligini ta’minlaydigan keng qamrovli yechimni taqdim etamiz” — dedi “FAI” asoschisi va bosh direktori Jassim Alharun.
FAI asoschisi Jassim Alharun
kpi.com bosh direktori Muzaffar Karabaev ham qo‘shimcha qildi:
“FAI bilan strategik hamkorligimiz Saudiya Arabistonidagi mijozlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Biz sun’iy intellekt tizimi va asosiy modullarni, jumladan, ilg‘or buxgalteriya hisobini rivojlantirishda davom etar ekanmiz, ‘FAI’ biznesga ‘ZATCA’, ‘FATOORA’ va boshqa tartibga soluvchi organlar talablariga javob berishda yordam berish orqali ishonchli muvofiqlik hamkoriga aylanadi" — dedi Muzaffar Karabaev.
kpi.com asoschisi Muzaffar Karabaev
Ma'lumot uchun, Muzaffar Karabaev kpi.com kompaniyasi bilan birga zip24.com kompaniyasining ham asoschisi hisoblanadi. Mazkur kompaniya 2021-yilda Britaniyaning "Sturgeon Capital" fondidan 1,2 mln dollar investitsiya jalb qilgan edi.