Toshkent shahrining Oloy bozor hududidagi yerto'la kimoshdi savdosiga qo'yildi

14.02.2025 06:55

8

Toshkent shahrining Oloy bozori hududida joylashgan turar-joy binosining yerto'la qismi kimoshdi savdosiga qo'yildi. Lotning boshlang'ich narxi 28,5 mlrd so'm bo'lib, umumiy maydoni 2 909 metr kvadratni tashkil qiladi.

Foto: E-auksion

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Oloy bozori hududida joylashgan turar-joy binosining yerto‘la qismi kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Foto: E-auksion

Lotning boshlang‘ich narxi 28,5 mlrd so‘m bo‘lib, umumiy maydoni 2 909 metr kvadratni tashkil qiladi. 

Kimoshdi savdosining birinchi qadam bahosi 1,43 mlrd so‘m bo‘lib, zakalat miqdori esa 856 mln so‘m tashkil qiladi.

Mazkur yerto‘lada suv, gaz, elektr energiyasi hamda kanalizatsiya tarmog‘i mavjud.

Foto: E-auksion

Auksion joriy yilning 17-mart kuni soat 10:00 da boshlanadi. Talabgorlar tomonidan arizalar esa shu kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi. Auksion oshib borish uslubida o‘tkaziladi.

Lotning to‘liq manzili: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Lashkarbegi MFY, Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 6-tor ko‘chasi, 16-uy.

#auksion#oloy bozori

O’xshash yangiliklar

Eng ko'p o'qilgan