14-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston yoshlari bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Prezident muloqot davomida xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga o‘quv xarajatlari "2+6" shaklida qoplab berilishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, o‘quv xarajatlarining dastlabki 2 oyi o‘quvchilarning o‘z mablag‘idan, qolgan 6 oyi esa davlat tomonidan to‘lab beriladi.
Shuningdek, endilikda "C1" darajasiga ega bo‘lgan yoshlar olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslangan o‘quv markazi ochsa, ularga 120 mln so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Avvalroq, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgani haqida yozgandik.