O‘zbekistonda Wildberries qo'shimcha 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

06.03.2025 06:13

15

Rossiyaning yirik "Wildberries" marketpleysi O‘zbekistondagi faoliyatida soliq qonunchiligiga to‘liq rioya etmagani aniqlandi. Soliq qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruv natijasida kompaniyaga 51,2 mlrd so‘mlik soliq hisoblanib, bu mablag‘ davlat budjetiga o‘tkazildi.

Soliq qo‘mitasi elektron tijorat subyektlarining faoliyatini qonuniylashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Tekshiruv natijasida Rossiya Federatsiyasi rezidenti hisoblangan Wildberries marketpleysining O‘zbekistondagi faoliyati soliq qonunchiligi talablariga to‘liq mos kelmagani aniqlandi.

Kompaniya mamlakatda “WB INT EXPORT” MChJ nomi ostida ishlaydi. O‘tkazilgan audit natijasida 2022–2024-yillar uchun 51,2 milliard so‘m (shundan 42,8 milliard so‘m QQS) miqdorida soliq to‘lovi hisoblanib, mablag‘ davlat budjetiga o‘tkazildi.

Soliq qo‘mitasi barcha soliq to‘lovchilar uchun teng sharoit yaratishga intilishini ta’kidlab, biznes subyektlarini qonun talablariga rioya etishga chaqirdi.

#Wildberries#soliq

Eng ko'p o'qilgan