Raqobat qo‘mitasi ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan reklamalarni o‘rganib, ularning reklama va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik talablariga mosligini yuzasidan monitoring o'tkazdi.
O‘tkazilgan monitoring natijasida reklama to‘g‘risidagi qonun talablarini buzish alomatlari aniqlanganligi sababli quyidagi moliyaviy tashkilotlarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi:
- "Tenge Bank" ATB
- "Agrobank" ATB
- "Ipoteka xizmati Group" MChJ
- "TASFINANCE mikromoliya tashkiloti" MChJ
Mazkur ishlar Raqobat qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, yakuniy natijalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.