Tanga.uz ayrim banklar tomonidan tovar va xizmatlar uchun foizsiz kredit kartalarini taqdim etayotgan banklar ro'yxatini tuzdi.
Ular quyidagilar:
InFinBank'dan InFinBlack kredit kartasi
- Maksimal miqdori: 50 mln so'mgacha
- Foizsiz davr: 50 kun
- Karta narxi: 50 ming so'm
- Ilovani yuklab olish: Android yoki iOS
Ipak Yo'li bank'dan kredit kartasi
- Maksimal miqdori: 50 mln so'mgacha
- Foizsiz davr: 55 kun
- Karta narxi: bepul
- Ilovani yuklab olish: Android yoki iOS
Uzum Bank'ning Uzum Visa kartasi
- Maksimal miqdori: 25 mln so'mgacha
- Foizsiz davr: 30 kun
- Karta narxi: Bepul
- Ilovani yuklab olish: Android yoki iOS
AVO Bank'dan AVO platinum kredit kartasi
- Maksiaml miqdori: 50 mln so'mgacha
- Foizsiz davr: 45 kungacha
- Karta narxi: bepul
- Ilovani yuklab olish: Android yoki iOS
TBC Bank'dan TBC kredit kartasi
- Maksimal miqdori: 50 mln so'mgacha
- Foizsiz davr: 55 kun
- Karta narxi: bepul
- Ilovani yuklab olish: Android yoki iOS
Ushbu kredit kartalarini olishni istovchilar bank ilovasini yuklab olishlari kerak bo'ladi. Ilovaning asosiy bo'limida kredit kartasi va unga oid ma'lumotlar mavjud.
Birinchi navbatda bank ilovasida kredit limiti uchun azira qoldiriladi. Ariza bank tomonidan rad etilishi yoki ma'lum miqdorda taqdim etilishi mumkin.
Mazkur kartalardan tovar va xizmatlardan tashqari har qanday ehtiyoj uchun foydalanish mumkin.
Kartadan quyidagilar uchun foydalanganda foiz hisoblanadi:
- foizsiz davr muddati o'tib ketganda;
- kartadan-kartaga o'tkazmalar amalga oshirilganda;
- bankamatdan naqd pul yechilganda.
Avvalroq, eng yuqori foizli omonat taklif qilayotgan TOP-5 banklar ro'yxatini tuzgandik.