2024-yilda rasmiylashtirilgan avtosug'urtalar soni 5 mlndan ko'proq bo'lgan — ILMA

14.03.2025 11:47

10

ILMA 2024-yilgi majburiy avtosug‘urta natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2024-yilda 5 mln 60 mingdan ko‘proq avtosug‘urta polislari rasmiylashtirilgan.

ILMA 2024-yilgi majburiy avtosug'urta natijalarini e'lon qildi.

Unga ko'ra, 2024-yilda transport egalari tomonidan sotib olingan majburiy avtosug'urtalar soni quyidagicha taqsimlangan:

  • Yengil avtomobillar – 4 516 902 ta sug‘urta polisi;
  • Yuk avtomobillari – 447 250 ta sug‘urta polisi;
  • Avtobus va mikroavtobuslar – 41 956 ta sug‘urta polisi;
  • Boshqa avtotransport vositalari – 52 953 ta sug‘urta polisi.
Bu ko'rsatkichlar orqali 2024-yil O'zbekistonda 5 mln 60 mingga yaqin faol avtomobillar bo'lganini bilish mumkin.

Ma'lumot uchun, 2024-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, O'zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan avtomobillar soni 4 020 744 tani tashkil etgan.

Avvalroq, Fitch xalqaro agentligi O'zagrosug'urta'ning reytingini qaytarib olgani haqida yozgandik.

#ilma#Avtosug'urta

Eng ko'p o'qilgan