Sud Beeline’dan 1,38 mlrd so‘m undirish bo‘yicha qaror chiqardi

14.03.2025 15:40

13

13-fevral kuni Toshkent shahar Iqtisodiy sudi Beeline kompaniyasidan "O‘zbekiston kabel televideniyasi"ga 1,38 mlrd so‘m undirish bo‘yicha qaror chiqardi. Bunga shartnoma muddati tugaganiga qaramay, Beeline kompaniyasi telekanallar kontentini uzatishda davom etgani sabab bo‘lgan.

13-fevral kuni Toshkent shahar Iqtisodiy sudi Beeline kompaniyasidan "O‘zbekiston kabel televideniyasi" MChJga 1,38 mlrd so‘m undirish bo'yicha qaror chiqardi. 

Foto: Sud qarori

Bunga shartnoma muddati tugaganiga qaramay, Beeline kompaniyasi telekanallar kontentini uzatishda davom etgani sabab bo‘lgan. Tomonlar 2023-yil 22-fevralda shartnoma imzolagan. Biroq, 2024-yil boshida bu muddat tugagan va yangi kelishuv rasmiylashtirilmagan. 

Shunga qaramay, Beeline xizmatdan foydalanishda davom etgan. 

2024-yil 19-yanvarda "O‘zbekiston kabel televideniyasi" MChJ holat bo‘yicha sudga da’vo kiritgan.

Kompaniya tomonidan kafolat xati taqdim etilgani sud tomonidan qarzni undirish uchun asos sifatida qabul qilingan.

Birinchi instansiya sudi da’voni rad etgan bo‘lsa-da, apellyatsiya sudida qaror qayta ko‘rib chiqilib, 1,38 mlrd so‘m miqdoridagi qarz undirilgan.

#beeline#tv

Eng ko'p o'qilgan