Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida xizmat transportidan foydalanishni keskin qisqartirish hamda milliy avtomobil va milliy mebelga o‘tish zarurligini ta’kidlab o‘tgandi.
Shu bois, Prezident administratsiyasi va boshqa amaldorlarga xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy avtomobillar E-auksion orqali sotuvga chiqarilmoqda.
Prezident administratsiyasiga tegishli avtomobil. Foto: E-auksion
Foto: E-auksion
Bundan oldinroq, Bosh vazir Abdulla Aripov birinchilardan bo‘lib xizmat avtomobili sifatida "Malibu"dan foydalanishga o‘tgandi.