O'zbekistonga asosan qaysi soha mahsulotlarini olib kirishda eng ko'p qonun buziladi?

24.03.2025 15:12
2024-yilda umumiy qiymati 180,6 mlrd so‘m bo‘lgan tovarlar bojxonadan noqonuniy olib o‘tilayotganligi aniqlangan. Bunda eng ko'p — 63,4 mlrd so'mlik dori va tibbiyot buyumlarini olib kirishda huquqbuzarlik sodir etilgan. Bunda har bir dori va buyumning o‘rtacha qiymati qariyb 45 mln so‘mni tashkil etgan.
O'zbekistonga asosan qaysi soha mahsulotlarini olib kirishda eng ko'p qonun buziladi?

Bojxona qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilda umumiy qiymati 180,6 mlrd so‘m bo‘lgan tovarlar bojxonadan noqonuniy olib o‘tilayotganligi aniqlangan.

Ular tovar turlariga ko‘ra quyidagicha taqsimlanadi:

  1. Dori va tibbiyot buyumlari – 63,4 mlrd so‘m;
  2. Tamaki mahsulotlari – 61,4 mlrd so‘m.
  3. Oziq-ovqatlar – 27,3 mlrd so‘m;
  4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – 8 mlrd so‘m;
  5. Spirt va alkogolli mahsulotlar – 6,5 mlrd so‘m;
  6. Neft mahsulotlari – 3,95 mlrd so‘m;
  7. Mineral o‘g‘itlar – 1,05 mlrd so‘m;
  8. Rangli metall – 0,9 mlrd so‘m;

Huquqbuzarliklar soni bo'yicha 2023-yilga nisbatan deyarli barcha sohalarda o'sish kuzatilgan. Faqatgina mineral o'g'itlar bo'yicha huquqbuzarliklar kamaygan.

2024-yil davomida eng ko‘p dori va tibbiyot buyumlarini noqonuniy olib o‘tishga urinilgan. Bu borada 1427 ta huquqbuzarlik sodir etilgan. Bunda har bir dori va buyumning o‘rtacha qiymati qariyb 44,5 mln so‘mni tashkil etgan.

2023-yilga nisbatan oziq-ovqatlar sohasida noqonuniy tovar olib o'tishga urinishlar ortgan. Xususan, 2023-yilda ushbu sohaga oid 16,7 mlrd so'mlik tovarlar olib o'tishga urinilgan bo'lsa, 2024-yilda bu 27,3 mlrd so'mgacha o'sgan. 2024-yilda bu yo'nalishda 654 ta huquqbuzarlik sodir etilgan.

#bojxona#tibbiyot#dori

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar