Korzinka 110 mln dollar investitsiya jalb qildi

01.04.2025 10:36
Korzinka 110 mln dollar aksionerlik kapitaliga investitsiya jalb qildi. Mazkur investitsiya Uzbek-Oman Investment Company hamda Abu Dhabi Uzbek Investment jamg‘armalari tomonidan jalb qilindi. Korzinka ushbu mablag‘lar orqali do‘konlari sonini 1 mingdan oshirishni rejalashtirmoqda.
Korzinka 110 mln dollar investitsiya jalb qildi

Foto: korzinka.uz

Korzinka supermarketlar tarmog'i umumiy qiymati 110 mln dollar bo‘lgan yirik miqdordagi investitsiya jalb qilganini e'lon qildi.  

Ushbu investitsiya quyidagi ikki hamkor tomonidan jalb qilingan:

  • Abu Dhabi Uzbek Investment (ADUI) — Birlashgan Arab Amirliklari Taraqqiyot Jamg‘armasi va O‘zbekiston Tiklanish va Taraqqiyot Jamg‘armasining qo‘shma korxonasi;
  • Uzbek-Oman Investment Company (UzOman) — Ummonning suveren investitsiya jamg‘armalari konsorsiumi nomidan ishtirok etgan, Oman Investment Authority (OIA) va UFRD tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Mazkur mablag‘lar kompaniyaning do‘konlarini ko‘paytirish hamda Korzinka Go onlayn savdo platformasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Ushbu sarmoya bizning o‘sish strategiyamizni yanada kuchaytiradi va 1 000 dan ortiq do‘kon ochish rejamizga yaqinlashtiradi — dedi Korzinka bosh direktori Rud Pedersen.

Ma'lumot uchun, 2019-yilning noyabr oyida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘iga 40 mln dollar miqdorida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya kiritgandi.

#korzinka#investitsiya

Eng ko'p o'qilgan