Belgiya hukumati O‘zbekiston bilan hamkorlikda olib borilgan korrupsiya va pul yuvish bo‘yicha tergov natijasida 108 mln yevroni musodara qilib, mazkur mablag‘ O‘zbekiston g‘aznasiga o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Belgiyaning Bryussel prokuraturasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mablag‘ telekommunikatsiya shartnomalariga oid yashirin vositachilik to‘lovlari bilan bog‘liq ish doirasida aniqlangan.
O‘zbekistonning huquq-tartibot organlari ushbu moliyaviy qonunbuzarliklarni fosh etgach, Belgiya rasmiylaridan yuridik yordam so‘ragan.
"Ushbu xalqaro tergov doirasida O‘zbekiston so‘roviga asosan Belgiya hududida 200 mln dollar miqdoridagi mablag‘ muzlatilgan edi", – deya ma’lum qildi Bryussel prokuraturasi vakili.
Tergov natijalariga ko‘ra, Bryussel sudi ushbu mablag‘ni Belgiya va O‘zbekiston o‘rtasida xalqaro qonunchilik doirasida taqsimlashga qaror qilgan. Shunga ko‘ra, 108 mln yevro O‘zbekistonga qaytariladi.
Mazkur ishga oida batafsil ma'lumotlar ochiqlanmagan.
