Safia cheklar soni bo‘yicha 4-o‘ringa ko‘tarildi

02.04.2025 16:03

17

2025-yilning fevral oyida Soliq mobil ilovasi orqali eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarid cheklari bo‘yicha TOP-20 korxonalar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Safia’ning cheklari soni so‘nggi uch oy ichida 343,8 mingtaga yoki 295 foizga o‘sdi. Keshbeklar miqdori esa, 322,2 mln so‘mga yoki 225 foizga o‘sdi.

2025-yilning fevral oyida Soliq mobil ilovasi orqali eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarid cheklari bo‘yicha TOP-20 korxonalar e’lon qilindi.

Foto: Fiskal tahlillar

Unga ko‘ra, Korzinka hamon peshqadamlik qilmoqda. Havas hamda Olma supermarketlari ham o‘z o‘rinlarini saqlab qolishgan.

2025-yilning yanvar oyi bilan solishtirganda, Baraka marketi 11-o‘rindan 10-o‘ringa ko‘tarildi.

2024-yil dekabr oyining yakuniga ko‘ra, Safia 17-o‘rinda borayotgan edi. 2025-yilning yanvar oyi yakunida 7-o‘rinda qayd etildi. Fevral oyiga kelib esa, 4-o‘rinni band qildi.

Shunday qilib, Safia’ning cheklari soni so‘nggi uch oy ichida 343,8 mingtaga yoki 295 foizga o‘sdi. Keshbeklar miqdori esa, 322,2 mln so‘mga yoki 225 foizga o‘sdi.

KFC hamda Optepa Lavash o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Ammo Evos bir o‘ringa pastladi.

Grand Pharm hamda OXY med dorixonalarida esa o‘sish kuzatildi. Bunda har ikkisi bir o‘ringa yuqoriladi.

#safia#korzinka#havas#olma#makro#kfc#oqtepa lavash#evos#saneg#magnum#bi1#Baraka_Market#andalus#oxy med

Eng ko'p o'qilgan