Azizbek Qurbonov United Ventures rahbarligidan ketmoqda

04.04.2025 10:09

8

Azizbek Qurbonov United Ventures fondidagi direktorlik lavozimini tark etmoqda. U o‘zining LinkedIn sahifasida o'z xohishiga ko‘ra ketayotganini hamda 26-aprel kuni so‘nggi ish kuni bo‘lishini ma’lum qilgan. Qurbonov mazkur lavozimga fond tashkil etilgan kun - 27-yanvarda tayinlangan edi.

7 ta davlat banki tomonidan tashkil etilgan United Ventures fondining direktori Azizbek Qurbonov direktorlik faoliyatini yakunlamoqda. Bu haqda u o‘zining LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.

"O‘tgan 3 oy davomida ko‘p narsani o‘rganib, beqiyos tajriba orttirdim. Shu vaqt ichida 25 dan ortiq startapni jalb etdim, ularga mos akseleratsiya dasturlarini topdim va ommaviy axborot vositalarida fond haqida ma’lumot berdim. Ushbu lavozimdan ketish o‘z tashabbusim bilan bo‘lmoqda. Rasman oxirgi ish kunim 2025-yil 26-aprel," - deya yozdi Qurbonov o‘z sahifasida.

U mazkur lavozimga fond tashkil etilgan kun — 27-yanvarda tayinlangan edi.

#Azizbek Qurbonov#Unitet Vertures

Eng ko'p o'qilgan