Gruziyaning Daily supermarketlar tarmog'i Toshkentda birinchi do'konini ochdi

04.04.2025 16:21

13

2025-yil 31-mart kuni Daily supermarketlar tarmog‘i Toshkent shahrida o‘zining ilk do‘konini ochdi. Bu, kompaniyaning 2024-yil dekabrda Schiever Group’dan bi1 tarmog‘ini xarid qilganidan so‘ng amalga oshdi. Mazkur do‘kon bi1’ning 34-do‘koni, lekin Daily brendi ostidagi birinchi do‘kon hisoblanadi.

2025-yilning 31-mart kuni Gruziyaning Daily supermarketlar tarmog‘i Toshkent shahrida o‘zining birinchi do‘konini ochdi.

Shu tariqa, Daily Gruziya chakana savdo brendlari orasida birinchilardan bo‘lib chet elda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan do‘kon bo‘ldi.

Daily Group’ning O‘zbekistonga kirib kelishi 2024-yil dekabr oyida Fransiyaning chakana savdo giganti Schiever Group’dan bi1 do‘konlar tarmog‘ining nazorat paketini sotib olganidan keyin amalga oshirildi.

Yangi ochilgan supermarket Toshkentdagi bi1 tarmog‘ining 34-do‘koni bo‘lib, Daily brendi ostida faoliyat yuritayotgan birinchi supermarket hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Daily Group Gruziyaning tez aylanadigan iste’mol tovarlari (FMCG) sohasida yetakchi hisoblanadi.

U butun mamlakat bo‘ylab 1,7 mingga yaqin do‘konlar tarmog‘iga ega. U kuniga 650 mingdan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Bu orqali Gruziyaning uyushgan oziq-ovqat chakana bozorining 31 foizini egallaydi.

Shuningdek, Daily Group Zedazen, RS Cola, Miller va boshqa mashhur ichimliklar brendlarini ishlab chiqaruvchi Gruziya pivo kompaniyasiga ham egalik qiladi.

#do'kon#bi1#Daily#gruziya

Eng ko'p o'qilgan