ChatGPT O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

09.04.2025 08:42

15

2025-yil 8-aprel kuni Amerikaning ChatGPT platformasiga egalik qiluvchi OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. OpenAI shu tariqa O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olingan 67-xorijiy elektron kompaniya bo‘ldi.

ChatGPT O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishidan ancha oldin ham mashhur edi. Xususan, u mart oyida O‘zbekistondagi Android foydalanuvchilari orasida eng ko‘p yuklab olingan ilova bo‘lgan. iOS foydalanuvchilari orasida esa ikkinchi o‘rinni egallagan.

Foto: O'zbekistonda mart oyida eng ko'p yuklab olingan ilovalar

Ma’lumot o‘rnida, ChatGPT sun’iy intellekti o‘z xizmatlarini bepul taqdim etadi. Biroq, kengaytirilgan imkoniyatlardan foydalanish uchun oylik obuna sotib olish kerak bo'ladi. Uning narxi 20 dollarga tengdir.

Kompaniya soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgani sababli, ushbu narxning oshirilishi ehtimoli mavjud.

#qqs#soliq#chatgpt#open ai

Eng ko'p o'qilgan