2025-yilning ilk uch oyida avtomobil importi keskin qisqardi

09.04.2025 11:19

9

2025-yilning 1-choragida O‘zbekistonga qiymati 115,1 mln dollar bo‘lgan 6 ming 888 ta yengil avtomobil import qilindi. 2024-yilning mos davrida 573,8 mln dollarlik 26 ming 65 ta avtomobil olib kelingandi. Avtomobil importining keskin qisqarishini elektromobillarga utilizatsiya yig‘imi joriy qilinayotgani, import qilinayotgan avtomobillarning har biri texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi bilan bog‘lash mumkin.

Foto: versiya.info

Bojxona qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-choragida umumiy qiymati qariyb 115,1 mln dollarga teng bo‘lgan yengil avtomobillar import qilingan.

Manba: Bojxona qo'mitasi

Bunda ularning soni 6 ming 888 tani tashkil etgan. 2024-yilning 1-choragida bu ko'rsatkich 26 ming 65 tani tashkil qilgandi.

2025-yilning 1-choragida ularning qiymati 2024-yilning shu davriga nisbatan qariyb 458,7 mln dollarga yoki 80 foizga kamaygan. Soni esa 19 ming 177 taga yoki 74 foizga qisqargan.

Eng katta o‘zgarish benzinda harakatlanuvchi avtomobillarda kuzatilgan. Ular 2024-yilning shu davriga nisbatan 282,7 mln dollardan ko‘proqqa, soni bo‘yicha esa qariyb 13 mingtaga yoki 76 foizga kamaygan.

Foto: Shutterstock

Elektromobillar qiymati bo‘yicha 103 mln dollardan ko‘proqqa, soni bo‘yicha esa qariyb 3 mingtaga yoki 53 foizga qisqargan.

Foto: yenicaggazetesi.com

Gibridlar esa qiymati bo‘yicha qariyb 68,4 mln dollarga, soni bo‘yicha 3 ming 184 taga yoki 97 foizga kamaygan.

Avtomobil importining keskin qisqarishini elektromobillarga utilizatsiya yig‘imi joriy qilinayotgani, import qilinayotgan avtomobillarning har biri texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi bilan bog‘lash mumkin.

Shuningdek, 2024-yilning 1-choragida umumiy qiymati qariyb 5,3 mln dollar bo‘lgan mototsikl, bolalar aravachasi, velosipedlar hamda yaxtalar ham import qilingan. Ularning soni ham 87 ming 692 taga yoki 47 foizga qisqargan.

Foto: ru.pinterest.com

Avvalroq, 2024-yilda avtomobil bozorining sotuvlari bo‘yicha tahlilini yozgandik.

#import#gibrid#elektromobillar#yengil avtomobillar#benzinda harakatlanuvchi avtomobillar

Eng ko'p o'qilgan