2025-yil fevral oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan hujjatga ko‘ra, AloqaBank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi asosiy "yoshlar banki"ga aylantirilishi belgilangandi.
Shu yo‘nalishda AloqaBank tomonidan yoshlar tadbirkorligi uchun keng imkoniyatlar yaratila boshlandi. Jumladan, bank "Yoshlar biznesi uchun" imtiyozli kreditini e’lon qildi.
Kredit shartlari:
- Yillik foiz stavkasi: 18%
Maksimal summa:
- O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun – 100 mln so‘mgacha;
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – 1,5 mlrd so‘mgacha;
- Yuridik shaxslar uchun – 5 mlrd so‘mgacha.
Mazkur kredit "Yoshlar biznesi" dasturi doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yildan oshmaydigan muddatga beriladi.
Ushbu kreditni 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O'zbekiston yoshlari olishi mumkin. Kredit bo'yicha qo'shimcha savollar bo'lsa Aloqabank'ning 1152 aloqa markazi bilan bog'lanish tavsiya etiladi.