2025-yilning 10-aprel kuni InFinBank aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.
Mazkur yig‘ilishning kun tartibiga Kuzatuv kengashi a’zosining vakolatini muddatidan ilgari tugatish hamda Kuzatuv kengashi tarkibiga saylov o‘tkazish kiritilgandi.
Shu munosabat bilan InFinBank’ning 56,42 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi Mamatdjonov Farhod Faxriddinovich o‘z xohishiga ko‘ra bankning kuzatuv kengashi a’zoligini tark etdi.
Uning o'rniga iqtisodchi Otabek Bakirov 2025-yilning 11-aprel sanasidan 3 yil muddat yakuniga ko'ra o'tkaziladigan yillik umumiy yig'ilishgacha saylandi.
Shuningdek, Otabek Bakirov 14-aprel kuni InFinBank'ning affilangan shaxslar ro'yxatiga ham kiritilgan.
15-aprel holatiga ko‘ra, InFinBank Kuzatuv kengashi tarkibi quyidagicha:
- Abdullayev Zikirillo Sagdullayevich
- Burxanov Bobir Nodirxonovich
- Mirzaraximov Shuxrat Baxramjonovich
- Isxakova Firuza Saidexsonovna
- Bakirov Otabek Orifovich