Behzod Hoshimov Biznesni Rivojlantirish Banki Kuzatuv kengashi a’zosi etib saylandi

11.09.2026 18:41
O'zbekchaРусский
Abu-Dabidagi Nyu-York universiteti professori Hoshimov Behzod Alisher o‘g‘li Biznesni Rivojlantirish Banki kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi etib saylandi. Tayinlov Markaziy bank bilan kelishilgach rasman kuchga kiradi.
Behzod Hoshimov Biznesni Rivojlantirish Banki Kuzatuv kengashi a’zosi etib saylandi

Behzod Hoshimov. Foto: Humoyun Sabirov Podcast / YouTube

Abu-Dabidagi Nyu-York universiteti professori Hoshimov Behzod Alisher o‘g‘li Biznesni Rivojlantirish Banki kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi etib saylandi.

Bu haqdagi tegishli qaror 3-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qabul qilingan.

Qaror bayonnomasida qayd etilishicha, ushbu tayinlov Markaziy bank bilan kelishilgandan keyin rasman kuchga kiradi va shundan so‘ng Behzod Xoshimov o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.

Ma’lumot uchun, Behzod Xoshimov Mikrokreditbank kuzatuv kengashining ham mustaqil a’zosi hisoblanadi.

Xoshimov bu lavozimga 2020-yil 28-noyabrda Mikrokreditbank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida saylangan.

Ayni vaqtda u bankning rasmiy saytida ham kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari qatorida ko‘rsatilgan.

Bankers.uz ma’lumotlariga ko‘ra, uning Mikrokreditbank kengashidagi a’zoligi masalasi 18-sentyabrdagi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va u yangi tarkibga nomzod sifatida kiritilmagan.

Ma’lumot o‘rnida, har ikki bank — Mikrokreditbank va Biznesni Rivojlantirish Banki — davlat banklari sanaladi.

#behzod_hoshimov#biznesni_rivojlantirish_banki

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan