15-aprel kuni AloqaVentures fondi Onlayn Hamshira startapiga investitsiya kiritganini e’lon qildi. Investitsiya miqdori hozircha ochiqlanmagan.
Bundan tashqari, Onlayn Hamshira UC VENTURES’dan 10 ming dollar mablag‘ jalb etgandi.
Shuningdek, PRESIDENT TECH AWARD’ning ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar yo‘nalishi doirasida 100 ming dollar miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritgandi.
Foto: IT Park
Mazkur startapning Android hamda iOS qurilmalari uchun ilovalari mavjud bo‘lib, ular orqali zarurat tug‘ilganda hamshirani chaqirtirish mumkin. Hamshira va boshqa turdagi tibbiyot xodimlarining xizmatlari pullik hisoblanadi.
Foto: Onlayn Hamshira xizmatlari
Onlayn Hamshira startapining asoschisi agregator sifatida faoliyat yurituvchi Farg‘onalik Islomjon ismli shaxs ekanligi aytilmoqda.
Ma'lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda 300 mingdan ziyod hamshira faoliyat yuritmoqda.