Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025-yilning mart oyida Toshkent shahridagi uy-joylar uchun taklif etilayotgan ijara narxlarini tahlil qildi
Tahlil natijalariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida poytaxtdagi 1, 2 va 3 xonali uylarning o‘rtacha ijara narxlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada arzonlashgani aniqlandi.
Biroq, 4 xonali uylarning ijara narxlari aksincha oshgan. Bunga Shayxontohur tumanidagi to‘liq ta’mirlangan "lyuks" toifadagi uylarning ijara narxlari yuqori bo‘lgani sabab bo‘lgani ta’kidlandi.
O'rtacha ta'mirlangan uy-joylar ijarasi
Quyida ularning mart oyi uchun o‘rtacha narxlari keltirilgan:
- 1 xonali uylar — 296 dollar (2024-yilda — 356 dollar edi. Shunda 16,6 foizga arzonlagan)
- 2 xonali uylar — 379 dollar (2024-yilda — 396 dollar edi. Shunda 4,6 foizga arzonlagan)
- 3 xonali uylar — 454 dollar (2024-yilda — 467 dollar edi. Shunda 2,9 foizga arzonlagan)
- 4 xonali uylar — 521 dollar (2024-yilda — 538 dollar edi. Shunda 4,7 foizga arzonlagan)
O‘rtacha ta’mirlangan uylar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari quyidagi tumanlarda arzonroq bo‘lgan:
Sergeli tumani
- 1 xonali uylar — 297 dollar
- 2 xonali uylar — 373 dollar
- 3 xonali uylar — 432 dollar
- 4 xonali uylar — 443 dollar
Olmazor tumani
- 1 xonali uylar — 287 dollar
- 2 xonali uylar — 347 dollar
- 3 xonali uylar — 408 dollar
- 4 xonali uylar — 474 dollar
Shayxontohur tumani
- 1 xonali uylar — 345 dollar
- 2 xonali uylar — 462 dollar
- 3 xonali uylar — 582 dollar
- 4 xonali uylar — 617 dollar
Yakkasaroy tumani
- 1 xonali uylar — 381 dollar
- 2 xonali uylar — 528 dollar
- 3 xonali uylar — 616 dollar
- 4 xonali uylar — 700 dollar
To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi
Quyida mart oyi uchun to'liq ta'mirlangan uylarning o'rtacha ijara narxlari keltirilgan:
- 1 xonali uylar — 411 dollar (2024-yilda — 472 dollar edi. Shunda 13,1 foizga arzonlagan)
- 2 xonali uylar — 547 dollar (2024-yilda — 644 dollar edi. Shunda 15 foizga arzonlagan)
- 3 xonali uylar — 728 dollar (2024-yilda — 788 dollar edi. Shunda 8,5 foizga arzonlagan)
- 4 xonali uylar — 957 dollar (2024-yilda — 909 dollar edi. Shunda 3,1 foizga qimmatlagan)
To‘liq ta’mirlangan uylar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari quyidagi tumanlarda arzonroq bo'lgan:
Sergeli tumani
- 1 xonali uylar — 327 dollar
- 2 xonali uylar — 417 dollar
- 3 xonali uylar — 513 dollar
- 4 xonali uylar — 641 dollar
Uchtepa tumani
- 1 xonali uylar — 386 dollar
- 2 xonali uylar — 450 dollar
- 3 xonali uylar — 534 dollar
- 4 xonali uylar — 625 dollar
To‘liq ta’mirlangan uy-joylar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari quyidagi tumanlarda qimmatroq bo'lgan:
Mirobod tumani
- 1 xonali uylar — 484 dollar
- 2 xonali uylar — 731 dollar
- 3 xonali uylar — 1027 dollar
- 4 xonali uylar — 1328 dollar
Shayxontohur tumani
- 1 xonali uylar — 521 dollar
- 2 xonali uylar — 732 dollar
- 3 xonali uylar — 1093 dollar
- 4 xonali uylar — 1381 dollar
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ushbu tahlilni olx.uz platformasida taklif etilayotgan ijara narxlariga ko‘ra tuzgan.