Startaplar uchun gibrid akseleratsiya dasturiga qabul boshlandi — IT Park

22.04.2025 09:05

6

O‘zbekiston bo‘ylab dastlabki bosqichdagi startaplar uchun bir oylik gibrid akseleratsiya dasturiga qabul boshlandi. Unda qatnashgan eng yaxshi 3 ta startap dastlabki bosqichda investitsiya olishi ma’lum qilindi. Ishtirok etishni istaganlar 25-aprelgacha ushbu havola orqali ariza qoldirishlari mumkin.

Foto: dzen.ru

O‘zbekiston bo‘ylab dastlabki bosqichdagi startaplar uchun bir oylik gibrid akseleratsiya dasturiga qabul boshlandi. Bu haqda IT Park Uzbekistan’ning rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Unda ishtirokchilar ekspertlardan treninglar, murabbiylik yordami olish va Toshkentda bo‘lib o‘tadigan yakuniy Demo Day’da investorlar oldida taqdimot o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dastur o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • 4 haftalik onlayn va oflayn treninglar;
  • bozorga chiqish, taqdimot tayyorlash, moliyaviy modellashtirish va boshqa mavzulardagi sessiyalar;
  • haftalik fikr-mulohaza hamda ekspertlar bilan murabbiylik mashg‘ulotlari;
  • investorlar va ommaviy axborot vositalari ishtirokidagi yakuniy Demo Day.
Unda qatnashgan eng yaxshi 3 ta startap dastlabki bosqichda investitsiya olishi ma’lum qilindi.

Ushbu dastur O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritayotgan, kengayishni va investitsiya jalb qilishni maqsad qilgan dastlabki bosqichdagi startaplar uchun mo‘ljallangan. 

Unda ishtirok etishni istaganlar 25-aprelgacha ushbu havola orqali ariza qoldirishlari mumkin.

#startap#start_up#gibrid akseleratsiya#it park

Eng ko'p o'qilgan