Raqobat qo‘mitasi tomonidan 380 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalarida xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv natijasida 2 ming 800 nafardan ortiq xodimning 41 foizi, ya’ni 1 ming 164 nafarida tibbiy ko‘rik daftarchasi mavjud emasligi aniqlandi.
Jumladan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 14 ta umumiy ovqatlanish korxonasining 128 nafar xodimidan 84 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan.
- Farg‘ona viloyatidagi 49 ta umumiy ovqatlanish korxonasining 393 nafar xodimidan 150 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan. Tekshiruv jarayonida 49 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
- Surxondaryo viloyatidagi 52 ta umumiy ovqatlanish korxonasining 301 nafar xodimidan 123 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan. Tekshiruv jarayonida 123 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
- Sirdaryo viloyatidagi 222 ta umumiy ovqatlanish korxonasining 1126 nafar xodimidan 304 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan. Tekshiruv jarayonida 136 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
- Namangan viloyatidagi 11 ta umumiy ovqatlanish korxonasining 185 nafar xodimidan 163 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan. Tekshiruv jarayonida 72 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
- Jizzax viloyatidagi 33 ta umumiy ovqatlanish korxonasining 337 nafar xodimidan hech biri tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan. Tekshiruv jarayonida 30 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tekshiruv natijasida to‘plangan ma’lumotlar Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun yuborilganligi ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda O‘zbekistonda 21 mingdan ortiq umumiy ovqatlanish korxonalari, jumladan restoran, kafe, bar, oshxona va bufetlar faoliyat yuritmoqda.