TBC Bank'ning O'zbekistondagi rivojlanishi IMD tomonidan o‘rganildi

01.05.2025 10:53
Shveysariyaning IMD biznes maktabi TBC Bank Group kompaniyasining muvaffaqiyat tarixini o‘rgandi. Bu IMD tomonidan o‘rganilgan Markaziy Osiyo kompaniyalari orasida Kaspi ekotizimidan keyingi ikkinchi kompaniya hisoblanadi.
TBC Bank'ning O'zbekistondagi rivojlanishi IMD tomonidan o‘rganildi

Foto kollaj: tanga.uz

Shveysariyaning Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti instituti (IMD) Gruziyaning TBC Bank Group kompaniyasi haqida tadqiqot o‘tkazdi.

Bu IMD tomonidan o‘rganilgan Markaziy Osiyo kompaniyalari orasida ikkinchisi, O‘zbekiston kompaniyalari orasida esa birinchi keys hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, IMD’ning Markaziy Osiyodagi ilk tadqiqoti Qozog‘istonning Kaspi ekotizimiga bag‘ishlangan edi.

Mazkur tadqiqotda TBC qanday qilib Gruziyadagi mahalliy bankdan xalqaro miqyosdagi raqamli moliyaviy xizmatlar yetkazib beruvchisiga aylangani, shuningdek, O‘zbekiston bozoriga kirib, ikki yil ichida daromad ko‘ra boshlagani, 18,4 mln foydalanuvchini jalb etgani va yillik 41 mln dollar sof foyda olgani haqida so‘z boradi.

IMD endi ushbu tadqiqotni o‘zining ta’lim dasturlarida o‘quv materiali sifatida qo‘llaydi. Bu esa TBC Bank Group’ni xalqaro miqyosda e’tirof etilgan va o‘rganishga arzigulik biznes modeli sifatida namoyon etadi.

IMD bu - Shveysariyada joylashgan, dunyoning eng nufuzli biznes maktablaridan biri hisoblanadi.

IMD biznes maktabi. Foto: smapse.ru

#TBC Bank#imd#tbc#kaspi

Eng ko'p o'qilgan