Prezident Tech Award tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda Prezident Tech Award'ning rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
President Tech Award — umumiy sovrin jamg‘armasi 1 mln dollar bo‘lgan yirik innovatsion IT tanlovidir. U asosiy va maxsus toifalar yo‘nalishida o‘tkaziladi.
Tanlov ishtirokchilarga jamiyatga foyda keltiradigan texnologik yechimlarni taqdim etish imkonini beradi.
Bunda tanlovda ishtirok etayotgan startaplar orasidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha uchta startap tanlab olinadi:
- AI-Driven Technologies yo‘nalishi;
- Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar yo‘nalishi;
- Kompyuter va mobil o‘yinlar yo‘nalishi;
- Micro-SaaS va AdTech-da texnologik echimlar yo‘nalishi;
- Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi.
Yakunda tanlangan uchta startapga quyidagi miqdorda pul mukofoti beriladi:
- 1-o‘rin — 100 ming dollar
- 2-o‘rin — 50 ming dollar
- 3-o‘rin — 30 ming dollar
Shuningdek, tanlovda maxsus toifa bo‘yicha saralash o‘tkaziladi. G‘olib chiqqan startapga esa 100 ming dollar miqdorida mukofot taqdim etiladi.
Tanlovda qatnashish uchun 1-iyulgacha ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning 7-dekabr kuni President Tech Awards tanlovi bo‘lib o‘tgandi. Unda quyidagi startaplar g‘olib deb topilgan:
Foto: IT Park Uzbekistan
AI-Driven Technologies yo‘nalishi
- TASS Vision
- Gapiruvchi
- Beshik
Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar yo‘nalishi
- Onlayn Hamshira
- Stepogramma
- BRAILLI TANISH
Kompyuter va mobil o‘yinlar yo‘nalishi
- Gale-Force Entertainment
- Fazliddin o‘yinlari
- Grimoire Entertainment
Micro-SaaS va AdTech-da texnologik echimlar yo‘nalishi
- OYGUL
- StudentHunter
- EduTizim
Tadbirkorlik va Fintex yo‘nalishi
- Jobster
- Sug‘urta Bozor
- diip.uz