Jamoat transportida arzonroq to’lash mumkin bo’lgan bank kartalari

31.01.2025 11:45

94

2025-yil 1-yanvardan boshlab avtobusdan foydalanishda naqd pul qabul qilish amaliyoti to'xtatildi. Tanga.uz jamoat transportlarida to’lovlar uchun aksiya o'tkazayotgan ilova va bank kartalarini bir joyga to'pladi.

Foto: “Toshshahartransxizmat”

2025-yil 1-yanvardan boshlab jamoat transportidan foydalanishda naqd pul qabul qilish amaliyoti to'xtatildi. 

Tanga.uz jamoat trasportlarida to’lovlar uchun imtiyozli imkoniyatlarni taqdim qilayotgan ilova va bank kartalarini bir joyga to'pladi.

  1. Plum ilovasi orqali to'laganda — 500 so'm. Aksiya muddati: 2025-yil 27-fevralgacha.
  2. Ipak Yo'li bankining VISA START SUM kartasi orqali — kuniga 5 martagacha to’lovlar 990 so'm. Aksiya muddati: 2025-yil oxirigacha.
  3. Tenge Bankdan UZCARD DUO kartasi orqali — 1000 so'm. Aksiya muddati: 2025-yil 31-martgacha.
  4. Uzum Bank’ning Uzum Visa kartasi orqali — 650 so'm. Aksiya muddati: 1-martgacha. Eslatma: Aksiya faqat metro uchun amal qiladi.

Ushbu kartalarning barchasini ochish bepul hisoblanadi.

Shuningdek, Asia Alliance Bankning UZCARD DUO kartasi orqali ham jamoat transportlarida to'lovlar 1000 so'm. Kartani chiqarish narxi 60 ming so'm. Aksiya 2025-yil 31-martgacha amal qiladi.

Aksiya faqat Yangiyo‘l, Termiz, Qarshi, Samarqand, Zarafshon, Buxoro, Urganch, Xiva, Nukus, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Guliston, Angren, Jizzax va Farg‘ona shaharlarida amal qilishi aytilgan.


#kartalar#jamoat_transporti

O’xshash yangiliklar

Eng ko'p o'qilgan