O‘zbekiston Markaziy banki 2025-yilning 2-iyulidan boshlab, har hafta banklardagi mikroqarz va avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilib kelmoqda.
21-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi 36 ta bankdan 28 tasida kreditning mikroqarz turi taklif etilayotgan bo‘lib, ulardagi o‘rtacha stavkasi 34,9 foizni tashkil etmoqda. Bu 2-iyul holatidagi stavkadan 0,1 foizga kamroqdir.
Eng past foizli mikroqarzni AloqaBank, InFinBank hamda O‘zmilliybank taklif etayotgan bo‘lsa, eng yuqori stavkani TBC Bank, Hayot Bank, ANORBANK hamda Tenge Bank belgilagan. Ushbu banklar asosan mikroqarzni ilovalari orqali onlayn taklif etadi.
Quyidagi 8 ta bank regulyatorning mikroqarzlar bo‘yicha ro‘yxatida qayd etilmagan:
- KDB Bank Uzbekistan
- Eron Soderot bank
- Octobank
- AVO Bank
- Uzum Bank
- Smartbank
- Yangi Bank
- Yevroosiyo Banki
Avtokreditlar
Regulyatorning avtokreditlar bo‘yicha ro‘yxatida mavjud 36 ta bankdan 20 tasi ko'rsatilgan.
Ularda o‘rtacha foiz stavkasi 24,2 foizni tashkil etib, bu 2-iyul holatidagi o‘rtacha stavkadan 0,1 foizga ko‘proqdir.
Eng past foizli avtokredit Ipoteka-bank tomonidan taklif etilayotgan bo‘lsa, eng yuqori foizlisini Hamkorbank belgilagan.
Quyida regulyator avtokreditlar bo‘yicha ro‘yxatida qayd etilmagan 16 bank nomi keltirilgan:
- Xalq Banki
- Ziraat Bank Uzbekistan
- KDB Bank Uzbekistan
- Eron Soderot Bank
- Universal Bank
- Octobank
- AVO Bank
- Tenge Bank
- TBC Bank
- ANORBANK
- Uzum Bank
- Smartbank
- Apex Bank
- Hayot Bank
- Yangi Bank
- Yevroosiyo Banki
Markaziy bank avtokreditlar bo‘yicha ro‘yxatida Xalq Banki qayd etilmagan. Biroq, bankning rasmiy veb-saytida avtokreditlarning bir necha turi ko‘rsatilgan.
Mikroqarzlarni eng yuqori foiz stavkalarda beruvchi TBC Bank, ANORBANK, Tenge Bank hamda Hayot Bank avtokredit ajratayotgan banklar ro‘yxatida keltirilmagan.