2025-yilning 30-iyul kuni Verifix startapi 400 ming dollar miqdorida sarmoya jalb etdi.
Ushbu mablag‘ning 250 ming dollari AloqaVentures fondi tomonidan, qolgan 150 ming dollari esa IT Park Ventures fondi tomonidan kiritildi.
Mazkur fondlar davlat fondlari hisoblanib, startap esa o‘zbek startapi sanaladi.
Startap ushbu mablag‘ orqali O‘zbekiston va xalqaro bozorga chiqish salohiyatini kengaytirish, jamoani kuchaytirish hamda mahsulotni takomillashtirish uchun yo‘naltirilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, raqamli hujjat aylanishi bo‘yicha korporativ va davlat yechimlari segmentida o‘z mavqeini mustahkamlashga qaratiladi.
Verifix startapi haqida
Verifix — O‘zbekiston qonunchilik talablari asosida ishlab chiqilgan, raqamli imzolash, hujjatlarni saqlash va boshqarish uchun mo‘ljallangan texnologik platforma.
Mumin Salimov Verifixning asoschilaridan biri va bosh direktori hisoblanadi.
Foto: Mumin Salimov
Shuningdek, startap korxonalarga hujjat aylanishini avtomatlashtirish, xarajatlarni kamaytirish hamda ichki jarayonlar shaffofligini oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Startap logosi
Verifix joriy etilishi orqali kompaniyalar qog‘ozdan butunlay voz kechib, korporativ axborotni raqamli boshqarish modeliga o‘tishlari mumkin.
Bugungi kunda Verifix xizmati O‘zbekistonning 200 dan ortiq yirik kompaniyalarida qo‘llanilmoqda.
Ular orasida banklar, sug‘urta tashkilotlari, logistika operatorlari va chakana savdo tarmoqlari mavjud.
Jamoaning yaqin kelajakdagi rejalari orasida Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish ko‘zda tutilgan.
Ayniqsa HoReCa, chakana savdo, distributsiya, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalariga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.