"Milliy banklararo protsessing markazi" AJ (HUMO to‘lov tizimi) 2024-yilda 168,3 mlrd so‘m (salkam 13 mln dollar) sof foyda oldi. Bu 2023-yilga nisbatan qariyb 54 mlrd so‘mga yoki 47 foizga ko‘proqdir.
Yil davomida kompaniyaning tushumi 216,4 mlrd so‘mdan 311,5 mlrd so‘mgacha ortgan. Shuningdek, kompaniya aktivlari 2023-yilga nisbatan 65,4 foizga oshib, 434,8 mlrd so‘mgacha yetgan. Kompaniyaning jami kapitali hajmi esa 369 mlrd so‘mdan oshgan.
To‘lov tizimining xarajatlari yil davomida 26,6 mlrd so‘mdan 32,2 mlrd so‘mgacha ortgan. Bundan tashqari, HUMO 2024-yilda jami 31 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lagan.
2022-yilda kompaniya 57,3 mlrd so‘m sof foyda olgandi. 2023-yilga kelib sof foyda ko‘rsatkichi 114,5 mlrd so‘m bo‘ldi. Shunday qilib, kompaniya sof foydasi so‘nggi 3 yilda 111 mlrd so‘mga yoki 194 foizga o‘sgan.
Avvalroq, HUMO to‘lov tizimini 65 mln dollarga sotib olgan Paynet kompaniyasi va uning tarixi haqida yozgandik.