Telegram'da reklamasi eng qimmat blogerlar reytingi — TOP-10

10.02.2025 10:25

78

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida faoliyat yurituvchi blogerlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Lekin ular orasida ishonchli va mashhurlari kamdir. Tanga.uz jamoasi Telegramda reklama narxlari eng qimmat blogerlarning TOP-10'taligini tuzdi.

Foto: Bloomberg

Telegram ijtimoiy tarmog‘i O'zbekistonda eng ommabop hisoblanadi. Platformadagi kanallar va bloglarning soning bir necha mingdan ziyodni tashkil qiladi. Kanallar va bloglarning daromadi asosan reklama orqali kelishi mumkin. Tanga.uz jamoasi Telegramda reklama narxlari eng qimmat blogerlarning TOP-10'taligini tuzdi.

1. Troll.uz

Kanalda reklama narxi – 10 500 000 so'm.

Bloger Umid Gafurov. Foto: Daryo.uz

Mazkur kanal bloger Umid Gafurovga tegishli bo'lib, unda asosan ijtimoiy muammolarga nisbatan hazilomuz memlar va o'zining shaxsiy munosabatini berib boradi. Hozirda kanalni 96 mingdan ziyod obunachilar kuzatib boradi.

2. Xushnudbek

Kanalda reklama narxi – 8 500 000 so'm.

Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev

Kanal Xushnud Xudoyberdiyev tomonidan yuritiladi. Kanalda O'zbekistonga oid qiziqarli yangiliklar berib boriladi. Shuningdek, abituriyentlar uchun ma'lumot berib boruvchi eng ishonchli kanallardan biri hisoblanadi. Hozirda kanal obunachilari soni 685 mingga yaqinlashgan.

3. Davletovuz

Kanalda reklama narxi – 6 000 000 so'm.

Jurnalist Qobil Xidirov. Illustratsiya: Gazeta.uz

Ushbu kanal jurnalist Qobil Xidirov tomonidan yuritiladi. Kanalda muhim tayinlovlar, budjet taqsimoti, ijtimoiy muammolar va boshqa eksklyuziv axborotlar e'lon qilinadi. Ma'lumotlarga ko'ra, bu eng ko'p amaldorlar o'qiydigan kanal hisoblanadi. Kanal obunachilari soni 82 mingdan ziyodni tashkil qiladi.

4. Huquqiy axborot

Kanalda reklama narxi – 6 000 000 so'm.

Ushbu kanal qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumot beruvchi kanal hisoblanadi. Mazkur kanalga ham reklama joylashtirish imkoniyati mavjud. Hozirda kanalni 340 mingga yaqin obunachilar kuzatadi.

5. Наблюдения под чинарой (Chinor ostidan kuzatuvlar)

Kanalda reklama narxi – 5 500 000 so'm.

Feruzxan Yakubxodjayev

Ushbu kanal marketolog va bloger Feruzxon Yoqubxo'jayevga tegishli bo'lib, kanalda asosan blogerning qarashlari, qiziqarli ma'lumotlar hamda tahlillarni ulashib boradi. Kanalning 14 mingga yaqin obunachilari bor. Kanal rus tilida yuritiladi.

6. Iqtisodchi kundaligi

Kanalda reklama narxi – 4 535 000 so'm ($350).

Iqtisodchi Behzod Hoshimov

Ushbu kanal iqtisodchi Behzod Hoshimovga tegishli bo'lib, unda asosan iqtisodiyot va unga oid o'zining bilimlari bilan bo'lishadi. Kanal obunachilari soni 23,5 mingdan ziyodni tashkil qiladi.

7. Bakiroo

Kanalda reklama narxi – 4 000 000 so'm

Iqtisodchi Otabek Bakirov

Bakiroo kanali iqtisodchi Otabek Bakirov tomonidan yuritiladi. Bakirov kanalida asosan O‘zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan voqea va yangiliklarga nisbatan o‘zining shaxsiy fikrlarini bildirib boradi. Hozirgi kunda kanal obunachilari soni 63,5 mingtani tashkil qiladi.

8. Эффект Макаренко

Kanalda reklama narxi – 4 000 000 so'm.

Picture background

Jurnalist Nikita Makarenko

Ushbu kanal jurnalist Nikita Makarenkoga tegishli bo'lib, unda asosan madaniyat, ekologiya, shaharsozlik va hayvonlarga bo'lgan munosabat haqida o'zining qarashlari bilan bo'lishadi. Kanalni 35 mingdan ko'proq obunachilari mavjud. Kanal faoliyati to'liq rus tilida yuritiladi.

9. Rasul Kusherbayev

Kanalda reklama narxi – 4 000 000 so'm.

Rasul Kusherbayev. Foto: Alter Ego.

Kanal sobiq deputat Rasul Kusherbayev tomonidan yuritiladi. Kanalda turli mavzularda postlar topish mumkin. Ko'proq siyosiy va ijtimoiy mavzuga oid yangilik va xabarlar yoritiladi. Ayni paytda kanalning obunachilari soni 125 mingdan ortgan.

10. Muhrim

Kanalda reklama narxi – 3 500 000 so'm.

Jurnalist Muhrim A'zamxo'jayev

Ushbu kanal hozirda "Gazeta.uz" nashri muharriri Muhrim A'zamxo'jayevga tegishli hisoblanadi. Muhrim A'zamxo'jayev "Kun.uz" nashri asoschisi, "Daryo.uz" nashrining bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.

Muhrim A'zamxo'jayevning postlari ko'pincha ijtimoiy masalalar, jamiyatdagi muammolar va shaxsiy kuzatuvlarga bag'ishlangan. Kanal muallifining "Muhrim" va "A'zamxo'jayev" nomli kanallari mavjud. Ikkala kanalni ham 13 mingdan ortiq obunachilari mavjud.

Yuqoridagi kanallarning har birida o'ziga xos reklama siyosati mavjud. Har qanday turdagi mahsulot yoki tovarlar reklama qilinmaydi.
Narxlar bitta reklama posti uchun amal qiladi. Ushbu narxlar blogerlar tomonidan yangilanib turishi hamda kelishuvga qarab o‘zgarishi mumkin.
#blogerlar#reklama#narx

O’xshash yangiliklar

Eng ko'p o'qilgan