Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uyushmasi tashkil etildi

10.02.2025 13:28

15

O‘zbekistonda chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uyushmasi tashkil etildi. Mazkur uyushmaning asosiy maqsadi savdo va umumiy ovqatlanish sohasini rivojlantirishdan iborat bo‘lib, ekspertiza markazi sifatida faoliyat yuritadi. Uyushmaga rahbar sifatida Korzinka supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov nomzodi ma’qullandi.

7-fevral kuni Prezident hamda tadbirkorlar ishtirokida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hamda 2025-yilga mo‘ljallangan rejalarga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Korzinka supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov tomonidan chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uyushmasi tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Ushbu taklif Prezident tomonidan ma’qullanib, uyushmaga O‘zbekistonning mashhur 10 ta tadbirkori biriktirildi. Uyushma rahbari sifatida esa Zafar Hoshimov nomzodi e’tirof etildi.

Mazkur uyushmaning asosiy maqsadi savdo va umumiy ovqatlanish sohasini rivojlantirishdan iborat bo‘lib, ekspertiza markazi sifatida faoliyat yuritadi. 

Uyushma a’zolari tadbirkorlar yoki ushbu sohada tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotganlarga yordam ko‘rsatadi. 

Bundan tashqari, Zafar Hoshimov uyushmaga a’zo tadbirkorlar turli hududlardagi korxonalarga nafaqat o‘z tajriba va bilimlari bilan yordam berishini, balki yangi korxonalar ochilishiga hissa qo‘shishini ham ta’kidladi.

#uyushma#zafar hoshimov

Eng ko'p o'qilgan