"IT Park Ventures" tomonidan startaplar uchun arizalar qabul qilinmoqda

10.02.2025 15:36
"IT Park Ventures" venchur fondi tomonidan SI, yashil texnologiyalar, ta’lim texnologiyalari hamda moliyaviy texnologiyalarga oid startaplar uchun arizalar qabul qilinmoqda. Investitsiyalarning o‘rtacha miqdori taxminan 150 ming dollarni tashkil etadi.
"IT Park Ventures" tomonidan startaplar uchun arizalar qabul qilinmoqda

"IT Park Ventures" venchur fondi tomonidan startaplar uchun arizalar qabul qilinmoqda. 

Mazkur fond bir qator istiqbolli yo‘nalishlarda startaplarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bular:

  • Sun’iy intellekt va machine learning(AI/ML)
  • Yashil texnologiyalar (GreenTech)
  • Ta’lim texnologiyalari (EdTech)
  • Moliyaviy texnologiyalar (FinTech)
  • O‘yinlarni ishlab chiqish (GameDev) va boshqa innovatsion sohalarda amalga oshiriladi.

Agar startap rivojlanish bosqichida bo‘lsa, nafaqat sarmoya, balki strategik hamkorni ham ushbu sayt orqali ro‘yxatdan o‘tib topish mumkin.

Investitsiyalarning o‘rtacha miqdori taxminan 150 ming dollarni tashkil etadi. Bunda investitsiyalar diapazoni quyidagicha o‘zgaradi:

  • G‘oya bosqichi: 10 ming dollardan 30 ming dollargacha.
  • MVP bosqichi: 50 ming dollardan 150 ming dollargacha.
  • O‘sish bosqichi: 150 ming dollardan 300 ming dollargacha.
  • Round “A”: 500 ming dollardan 1 million dollargacha (fondning portfolio startaplari uchun).

Bundan tashqari, PQ-357-son qarori doirasida startaplarni moliyalashtirishning qo‘shimcha mexanizmlari mavjud. 

Bunda 100 ming dollargacha bo‘lgan investitsiyalarni, kapitali 50 mln dollardan yuqori bo‘lgan xalqaro venchur fondlaridan investitsiyalarni jalb qilgan startaplar uchun ajratish ko‘zda tutilgan. 

Ushbu chora-tadbirlar barqaror startap ekotizimini yaratish va O‘zbekistonda ishlab chiqilgan startaplarning jahon maydonidagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

#start_up#vuncher fond

Eng ko'p o'qilgan