1-martdan "Cardxabar" botidan foydalanish narxlari oshirilmoqda

11.02.2025 11:22

44

1-martdan UZCARD kartalari bo'yicha ma'lumot beruvchi "Cardxabar" botidan foydalanish bo'yicha tariflar joriy qilinmoqda. Bunda narxlar kiruvchi xabarlar soniga qarab belgilanadi. Xususan, eng arzon tarif oyiga 5 ming so‘m, eng qimmati esa 500 ming so'mga teng. Hozirda ushbu xizmat oyiga 1 ming so‘mni tashkil qiladi.

2025-yilning 1-mart sanasidan boshlab UZCARD kartalaridagi amaliyotlar to‘g‘risida Telegramda xabar beruvchi "Cardxabar" boti abonent to‘lovi oshirilmoqda.

Hozirda ushbu to‘lov oyiga 1 000 so‘mni tashkil qiladi. 1-mart sanasidan boshlab esa oylik abonent to‘lovi kiruvchi xabarlar soniga qarab belgilanadi. 

Bunda:

  • 250 tagacha kiruvchi xabarlar uchun — 5 ming so‘m;
  • 251 — 500 tagacha kiruvchi xabarlar — 15 ming so‘m;
  • 501 — 2 ming tagacha — 30 ming so‘m;
  • 2 001 — 20 ming gacha — 100 ming so‘m;
  • 20 mingtadan ortiq xabarlar uchun to‘lov 500 ming so‘mni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, HUMO to‘lov tizimining "HUMO Card" botida ham 2 xil tarif mavjud. Bunda faqatgina premium xizmat oyiga 1 ming so'm etib belgilangan.

Ushbu botlar asosan karta bilan bog‘liq jarayonlarni bankka bormasdan bajarish imkonini beradi. Masalan, plastik karta kodini 3 marta xato terish hisobiga bloklanib qoldi. Shunday holatda ushbu botlar yordamida kartani bankka bormasdan blokdan chiqarish mumkin. Shuningdek, kartadagi amaliyotlarni monitoring qilish qulayroqdir.
#humo#uzcard#bot

Eng ko'p o'qilgan