2024-yilda AQShning alkogolsiz ichimlik ishlab chiqaruvchi "The Coca-Cola" kompaniyasi 10,63 mlrd dollar sof foyda oldi. Bu 2023-yilga nisbatan 1 foizga kamroqdir.
Kompaniyaning yillik daromadi esa 3 foizga oshib, 47,06 mlrd dollarni tashkil etgan. Organik o‘sish esa 12 foizni tashkil etdi.
AQShning Atlanta shahridagi "The Coca-Cola Company" bosh ofisi
2024-yilning 4-chorakda brend sof foydani 11 foizga, daromadini esa 6 foizga oshgandi.
Shu yili brendning Shimoliy Amerikadagi daromadi 16 foizga, Lotin Amerikasida 10 foizga, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida esa 9 foizga oshgan.
Yevropa, Yaqin Sharq hamda Afrika mintaqalarida bu ko‘rsatkich 6 foizga o‘sganligini ko‘rish mumkin.
O‘tgan yili kompaniyaning birlik savdosi 2 foizga, mahsulotining o‘rtacha sotish bahosi esa 9 foizga oshganligi ham qayd etish lozim.
Bundan tashqari, kompaniya aksiyalari joriy yilning 11-fevral kuni 3,6 foizga oshgandi.