GOLDEN HOUSE qurilish kompaniyasining faoliyatida qonunbuzarlik holati aniqlandi

31.10.2025 06:04
Raqobat qo‘mitasi GOLDEN HOUSE qurilish kompaniyasi faoliyatida qonunbuzarlik holatini aniqladi. Ma’lum qilinishicha, kompaniyaning mijoz bilan tuziladigan shartnoma shartlariga amaldagi qonunga zid bandlar kiritilgan.
GOLDEN HOUSE qurilish kompaniyasining faoliyatida qonunbuzarlik holati aniqlandi

Foto: Golden House

Raqobat qo‘mitasi GOLDEN HOUSE qurilish kompaniyasining faoliyatida qonunbuzarlik holatini aniqladi

Ma’lum qilinishicha, kompaniya ulushli asosda ko‘p qavatli uydagi xonadonlarni sotib olish shartnomasining ayrim bandlari amaldagi qonunchilikka zid tarzda ishlab chiqilgan. 

Bunda kompaniya mijoz bilan tuzilgan shartnomaga quyidagi bandlarni kiritgan:

Iste’molchi o‘z xohishi bilan shartnomani bekor qilganda yoki ushbu kompaniya faoliyatiga nisbatan e’tiroz bildirib ommaviy axborot vositalari, tegishli idora va tashkilotlarga murojaat qilganda ham shartnoma qiymatining 10 foizi miqdoridagi summa jarima sifatida ushlab qolinadi.

Amaldagi qonunga ko‘ra, shartnoma bekor qilinganda faqat ikkinchi tarafga zarar yetkazilgan taqdirdagina uni qoplash mumkinligi belgilangan. 

Raqobat qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan kompaniyaga qonunbuzarlik holatini ixtiyoriy ravishda bartaraf bo‘yicha ko‘rsatma berdi.  

Avvalroq, Raqobat qo‘mitasi aynan shunday holatlar ko‘payib borayotgani sababli iste’molchilarni shartnoma shartlari bilan sinchkovlik bilan tanishib chiqishga chaqirgandi

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida Raqobat qo‘mitasiga uy-joy xaridi bo‘yicha 1 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. 

Ularda asosan uy-joylarni o‘z vaqtida topshirmaslik hamda shartnoma shartlarini bajarmaslik holatlari qayd etilgan. 

Yaqinda Qashqadaryoda quruvchi kompaniyadan belgilangan muddatda qurib topshirilmagan uy uchun jarima undirilgan edi.

#golden_house#Raqobat_qo'mitasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar