O‘zini-o‘zi band qilgan yoshlarga 7 yilga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi

18.02.2025 13:44

54

Prezident qaroriga binoan, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga 7 yil muddatga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz ajratiladi. Shuningdek, kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni ko‘zda tutuvchi loyihalar uchun yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha kredit beriladi.

Foto: drafter.ru

Prezidentning 2025-yil 14-fevraldagi PQ-62-son qaroriga ko‘ra, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Unga ko‘ra, "Biznesga birinchi qadam" loyihasiga muvofiq 18–30 yoshgacha o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar onlayn shaklda 7 yilgacha imtiyozli davr bilan 100 mln so‘mgacha mikroqarz olishi mumkin bo'ladi.

“Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasida esa kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalar uchun YATT va yosh tadbirkorlik subyektlariga 7 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi.

2025–2027-yillarda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.

Aloqabank “yoshlar banki” sifatida belgilanib, yoshlarning startap va investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yadi.

2025-yilning 1-martigacha bankning hududiy bo‘linmalari bu bo‘yicha ish boshlaydi.

Shuningdek, “Innovatsion yoshlar” loyihasi doirasida venchur jamg‘armalar orqali startaplar qo‘llab-quvvatlanadi. Prezident yig‘ilishda yosh tadbirkorlarni moliyaviy rag‘batlantirish uchun Aloqabank’ka 200 mln dollar ajratilishini ta’kidlagandi.

Avvalroq, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etilgani va unga 100 mln dollar davlat tomonidan mablag‘ ajratilishi haqida yozgandik.

#yoshlar#imtiyozli kredit

O’xshash yangiliklar

Eng ko'p o'qilgan