Endilikda SoliqUz ilovasida xorijga chiqish bo‘yicha cheklov mavjudligini tekshirish mumkin

20.02.2025 12:18
SoliqUz mobil ilovasida xorijga chiqishda cheklovlarni tekshirish funksiyasi qo‘shildi. Agarda cheklov aniqlansa uning sababini ilovaning o‘zida bilish mumkin bo‘ladi. Buni qanday tekshirish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etamiz.
Endilikda SoliqUz ilovasida xorijga chiqish bo‘yicha cheklov mavjudligini tekshirish mumkin

SoliqUz mobil ilovasiga O'zbekistondan xorijga chiqishda vaqtinchalik cheklovlar bor yoki yo'qligini tekshiruvchi funksiyasi qo'shildi.

Bunda sud qarorlari yoki boshqa organlarning ijro hujjatlari asosida xorijga chiqishda cheklov mavjud yoki yo'qligini tekshirish mumkin.

Buning uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:

1. SoliqUz mobil ilovasini yuklab olish (Android yoki iOS);

2. Qurilmada ilova mavjud bo'lsa uni so'nggi versiyasida yangilash;

3. Keyin ilovaga kirib umumiy xizmatlar bo'limiga o'tish;

Foto: tanga.uz

4. Ushbu bo'limdan "xorijga chiqishda cheklovni aniqlash" bo'limi o'tish;

Foto: tanga.uz

5. Keyin pasport seriyasini yoki JShShIR raqamini kiritish kerak bo'ladi.

Foto: tanga.uz

Ma'lumotlar kiritilib "izlash" tugmasi bosilgandan so'ng, shu zahoti quyidagi ikkita xabardan biri paydo bo'ladi.

  • Sizda O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga cheklov aniqlanmadi.
  • Sizda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish vaqtincha cheklangan.

Agarda vaqtinchalik cheklov mavjud bo'lsa, "Batafsil" tugmasini bosish orqali cheklov sababini aniqlash mumkin.

Ushbu xizmatdan foydalanish bepul hisoblanadi.

#cheklov#soliquz#xorij

Eng ko'p o'qilgan