3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi

24.02.2025 07:45
3-mart kuni soat 9:00 dan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi. Arizani “my.gov.uz” portalida onlayn topshirish mumkin. Ariza beruvchining o‘rtacha daromadiga chegara mavjud. 2025-yilda 30 ming talabgorga subsidiya ajratiladi.
3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi

2025-yilning 3-mart kuni soat 09:00 dan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Arizani Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki “my.gov.uz” Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida quyidagi havola orqali mustaqil ravishda ariza topshirish mumkin.

Ariza beruvchi yoki uning yaqin qarindoshlaring (bunda, yaqin qarindoshlar arizada koʻrsatilganlar) oʻrtacha daromad miqdori:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (hozirda 3,11 mln — 9,24 mln so‘m);
  • Toshkent shahrida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (hozirda 3,11 mln so‘m — 10,62 mln so‘m).
Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim.

Prezident farmoni bilan, 2025-yilda 30 ming nafar fuqaroga subsidiya ajratish rejalashtirilgan.

#ipoteka krediti#subsidiya

Eng ko'p o'qilgan