Markaziy bank mikroqarz hamda avtokreditlarning banklar kesimida foiz stavkalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
2-fevral holatiga ko‘ra, tijorat banklarida mikroqarzlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasi 31 foizni tashkil etmoqda.
.jpg)
So‘nggi bir hafta ichida bu ko‘rsatkich 0,2 foizga oshgan. Avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka esa bu vaqt ichida 0,2 foizga kamayib, 23,4 foizga tushdi.
Eslatma
Mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkalari tadbirkorlik uchun alohida shartlardagi kreditlar, ish haqi doirasida va shu kabi alohida shartlarda ajratiladigan kreditlarni o‘z ichiga oladi.
Avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi esa tijorat banklari avtosanoat korxonalari bilan kelishgan holda turli qulay shartlarda past foizli avtokreditlar taklif qilishi tufayli, o‘rtacha foiz stavkali banklar taklif etayotgan amaldagi foiz stavkalaridan farq qilishi mumkin.
