Asakabank 3-fevraldan yillik 18% daromadli obligatsiyalarini sotuvga chiqaradi

03.02.2026 09:20
Asakabank korporativ obligatsiyalari Toshkent fond birjasida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Birja matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bank korporativ obligatsiyalarining sotuvi 2026-yil 3-fevraldan boshladi.
Asakabank 3-fevraldan yillik 18% daromadli obligatsiyalarini sotuvga chiqaradi

Foto: Yandex Maps

Asakabank korporativ obligatsiyalari Toshkent fond birjasida ro‘yxatdan o‘tkazildi. 

Birja matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bank korporativ obligatsiyalarining sotuvi 2026-yil 3-fevraldan boshladi. 

Mazkur obligatsiyaning nominal qiymati 500 mln so‘mni tashkil etib, umumiy emissiya hajmi 1 trln so‘mga yetadi. 

Obligatsiyalarning muomalada bo‘lish muddati ularni joylashtirish boshlangan kundan e’tiboran 5 yil qilib belgilangan. 

Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha yillik daromadlilik 18 foizni tashkil etadi va foizli daromadlar har 90 kunda bir marotaba to‘lanadi. 

Avvalroq, Asakabank obligatsiyalari hamda obligatsiyaning o‘zi nima ekanligi haqida batafsil ma’lumot bergandik.

#asakabank#Toshkent_fond_birjasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar