O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket yettinchi kun ko‘tarildi

03.02.2026 11:17
Markaziy bank valyuta birjasiga tayanib, 4-fevral kuni uchun dollar kursini 12 258 so‘m etib belgiladi. Bunda rasmiy kurs ketma-ket yettinchi kun ko‘tarilib, shu muddat ichida 173 so‘mga qimmatladi.
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket yettinchi kun ko‘tarildi

Foto: uznews.uz

Markaziy bank valyuta birjasiga tayanib, 4-fevral kuni uchun dollar kursini 12 258 so‘m etib belgiladi. 

Bunda rasmiy kurs ketma-ket yettinchi kun ko‘tarilib, shu muddat ichida 173 so‘mga qimmatladi.

Ma’lumot uchun, 2026-yil boshida rasmiy kurs 11 950 so‘m edi. So‘nggi besh ish kunida so‘m AQSh dollariga nisbatan 0,7 foizga qadrsizlandi. 

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning yozishicha, bu davr mobaynida so‘mdan tashqari boshqa ko‘plab valyutalar ham dollarga nisbatan qadrsizlangan. 

Jumladan, rubl 0,6 foizga, yevro 1,3 foizga, funt sterlingi 1 foizga, Qozog‘iston tengesi esa 0,3 foizga qadrsizlandi. Shu vaqt oralig‘ida dollar indeksi 1,2 foizga kuchaydi. 

Shuningdek, so‘nggi kunlarda oltin va kumush kabi qimmatbaho metallar narxida ham pasayish kuzatildi. Iqtisodchi so‘mning qadrsizlanishi davom etishini global tendensiyalarga mos keladigan tabiiy jarayon ekanligini ta’kidladi.

#dollar_kursi#Mirkomil_Xolboyev

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar