Markaziy bank rasmiy veb-saytida inflyatsiyaning pul qiymatiga ta’sirini baholash imkonini beruvchi inflyatsiya kalkulyatori ishga tushirildi.
Ushbu inflyatsiya kalkulyatoridan foydalanib iste’mol savatchasidagi tovar va xizmatlarning inflyatsiyaga moslashtirilgan qiymatini hisoblash mumkin bo'ladi.
Foydalanuvchilar istalgan vaqt oralig‘ini tanlab, mablag‘larining sotib olish qobiliyati qanday o‘zgarganini bilishlari mumkin.
Kalkulyator Statistika agentligining iste’mol narxlari indeksi bo‘yicha oylik ma’lumotlaridan foydalangan holda yakuniy narxni hisoblab beradi.
Shuningdek, u o‘rtacha yillik va oylik inflyatsiya ko‘rsatkichlarini ham chiqaradi.
Ushbu xizmat veb-saytning bosh sahifasi va Pul-kredit siyosati bo‘limida joylashgan.
Avvalroq, SoliqUz mobil ilovasida xorijga chiqishda cheklovlarni tekshirish funksiyasi qo‘shilgani haqida yozgandik.