Oxirgi bir yilda O'zbekistonda Xitoy kompaniyalari soni qanchaga ortdi?

17.03.2025 00:50

17

2025-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Xitoy ulushiga ega korxonalar soni 3,5 mingdan ziyodni tashkil etmoqda. 2024-yilning yanvar oyidan beri Xitoy kompaniyalari soni 1144 taga ko‘paygan. Rossiya ulushiga ega korxonalar soni esa 33 taga kamaygan.

2025-yil 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda chet el ulushiga ega korxonalar soni 15,5 mingtani tashkil etmoqda.

Shundan 4 mingtasi qo‘shma korxonalar, 11,5 mingtasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi.

Ularning davlatlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

  • Xitoy — 3 576 ta
  • Rossiya — 3 016 ta
  • Turkiya — 1 899 ta
  • Qozog‘iston — 1 082 ta
  • Janubiy Koreya — 662 ta
  • BAA — 347 ta
  • Tojikiston — 329 ta
  • AQSH — 307 ta
  • Qirg‘iziston — 303 ta

2025-yil boshidan beri Xitoy ulushiga ega korxonalar soni 219 taga, Rossiya ulushiga ega korxonalar esa 79 taga ko‘paydi.

2024-yilning 1-fevral holati bilan taqqoslaganda, Xitoy ulushiga ega korxonalar soni 47 foizga yoki 1 144 taga oshgan. Rossiya ulushiga ega korxonalar soni esa 33 taga kamaygan.

2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, Rossiya ulushiga ega korxonalar soni Xitoynikidan 518 taga ko‘p edi. Biroq, so‘nggi 11 oy ichida Xitoy ulushiga ega korxonalar soni 43 foizga o‘sdi.

Natijada ularning ulushiga ega korxonalar soni Rossiyaga nisbatan 560 taga ko‘payib, 1-o‘ringa chiqdi.

Avvalroq, Farg‘onada Xitoylik hamkorlar bilan "Tulpor" milliy brendi ostida traktor ishlab chiqarilishi haqida yozgandik.

#Xitoy#rossiya#O'zbekiston

Eng ko'p o'qilgan