Paynet kompaniyasining 2024-yilgi moliyaviy natijalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2024-yil Paynet orqali amalga oshirilgan umumiy tranzaksiyalar hajmi 96 trln so‘m bo'lgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 2 barobarga ko‘proqdir.
Tushumi esa 2023-yilga nisbatan 53 foizga o‘sib, 1,1 trln so‘mni tashkil etgan.
2024-yilda kompaniya 282 mlrd so‘m sof foyda olgan. Bu 2023-yilga nisbatan 131,2 mlrd so‘mga yoki 87 foizga ko‘proqdir.
Shuningdek, 2024-yilning dekabr oyiga kelib o‘rtacha oylik foydalanuvchilar soni 23 mlndan oshgan. 2024-yilda Paynet mobil ilovasining faol foydalanuvchilar soni esa 2,6 mlnga yetgan.
Avvalroq, Paynet kompaniyasi 547,6 mlrd so‘mlik oddiy aksiyalarni emissiya qilgani haqida yozgandik.
Agarda Paynet kompaniyasining tarixi qiziqtirsa, bu haqida ham maqola yozganmiz.