2025-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasida xorijiy davlatlar ulushiga ega korxonalar soni 6,6 foizga o‘sib, 45 mingtani tashkil etdi.
O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 14 871 tani tashkil etadi.
Qozog'istonda eng ko'p kompaniyalari bo'lgan TOP-10 davlatlar quyidagilar:
- Rossiya – 18 861
- O‘zbekiston – 4 407
- Xitoy – 3 676
- Turkiya – 3 538
- Qirg‘iziston – 2 203
- Ozarbayjon – 1 162
- Ukraina – 985
- Germaniya – 739
- Belarus – 773
- Janubiy Koreya – 603
Qozog‘istonda Rossiya korxonalari soni 1 yil ichida 583 taga kamayib, 18 861 tani tashkil etgan. Biroq, shunga qaramay yetakchilik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ham Rossiya ulushiga ega korxonalar soni so'nggi 1 yil ichida 33 taga kamaygan.
E’tiborli jihati, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi korxonalari soni 1-yil ichida 44 foizga o‘sib, 4 407 taga yetgan.
2025-yilning 1-mart holatiga ko'ra, O'zbekistonda Qozog'iston ulushiga ega korxonalar soni 1 082 tani tashkil etadi.
Shuningdek, Xitoyda ham o‘sish kuzatilgan. Bunda Xitoy korxonalari soni deyarli 50 foizga o‘sib, 3 676 tani tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, 2025-yilning 1-yanvar holati bilan solishtirganda, Qozog‘istondagi Xitoy korxonalari soni O‘zbekistondagi Xitoy korxonalari soniga nisbatan 319 taga ko‘proqdir.