Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mashinasozlik mahsulotlarini sertifikatlashtirish organlariga ogohlantirish xati yubordi.
Unda Leapmotor C16 avtomobili texnik reglament talablariga javob bermagani sababli uning sertifikatlashtirilishini to‘xtatish so‘ralgan.
"EURO PROF TEST" MChJ tekshiruvi natijasiga ko‘ra, ushbu model elektromagnit shovqinlarga qarshi talabga javob bermagan. Bu esa avtomobil elektronikasi va tizimlarining ishdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Shu bois, muammo bartaraf etilgunga qadar ushbu avtomobillarni sertifikatlashtirish bo‘yicha arizalarni qabul qilishni to‘xtatish taklif etilmoqda.
Avvalroq, 2025-yilning 1-mayidan boshlab elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 barobarga oshirilayotgani haqida yozgandik.