Bojxona qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning mart oyida umumiy qiymati 49 mln dollardan ortiq go‘sht mahsulotlari import qilingan.
Manba: Bojxona qo'mitasi
Ular orasida eng ko‘p qoramol go‘shti import qilingan bo'lib, uning qiymati 40,2 mln dollarni tashkil etgan. Bu mutlaq rekord hisoblanadi. Mart oyida qariyb 9,3 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan bo‘lib, uning bir kg narxi o‘rtacha 4,3 dollarni tashkil etgan. 2024-yilning mart oyida esa bu ko'rsatkich qariyb 4 dollarga teng bo'lgan.
Qo‘y go‘shti esa 2024-yilning mart oyiga nisbatan 365,7 tonnaga yoki qariyb 50 foizga kamaygan.
Tovuq go‘shtida ham o‘sish kuzatilgan. Bunda uning qiymati 1,8 tonnaga ortgan.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda jami 83,9 mln dollardan ortiq qiymatga ega bo‘lgan go‘sht mahsulotlari import qilingan.
Avvalroq, 2024-yilda O‘zbekistonga asosan qaysi soha mahsulotlarini olib kirishda eng ko‘p qonun buzilgani haqida yozgandik.